“O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi yuqori malakali mutaxassislarni ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi. Nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlar (rezyumelar)ni tmc@rtmc.uz elektron manzili orqali taqdim etishlari so‘raladi.
Direktor o‘rinbosari lavozimiga
Malakaviy talablar
Oliy ma’lumotli, telekommunikatsiya yo‘nalishidagi rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yil mehnat stajiga ega, jamoa bilan ishlash va o‘z ishiga mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilishi kerak.
Lavozim majburiyatlari
Korxonaning axborot xavfsizligi va mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish xizmatlari, ko‘chib o‘tgan raqamlarni muvofiqlashtirish va qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari faoliyatini tashkillashtiradi hamda ularga bevosita rahbarlik qiladi. Yangi innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, xodimlar salohiyatini oshirish maqsadida texnik qo‘llanmalarni tanlash ishlarida ishtirok etib, davlat boshqaruv organlari bilan telekommunikatsiya tarmoqlaridan va resurslaridan foydalanish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik ishlarini muvofiqlashtiradi.
Iqtisodiy tahlil va tariflar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga
Malakaviy talablar
Oliy iqtisodiy yoki muhandis-iqtisodchi ma’lumotiga hamda mazkur mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega bo‘lishi, jamoa bilan ishlash, o‘z ishiga mas’uliyatli, xodimlarga nisbatan talabchan bo‘lishi, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi kerak.
Lavozim majburiyatlari
Korxonaning biznes rejasini tayyorlash, rejaga oid moliyaviy ishini tashkil qilish, korxona tuzilmasi va shtat sonining tashkil qilinishini ta’minlash, mehnatni tashkil qilish bo‘yicha axborot to‘plash va tahlil qilish, statistik hisobotlarning sifatli tayyorlanishi va topshirilishini ta’minlash, har chorakda korxonaning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati tahlilini o‘tkazish, korxona va uning bo‘linmalari faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini iqtisodiy tahlil qilish, mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha tejash rejimini ta’minlash, rejaga oid vazifalarning bajarilishi, ichki xo‘jalik rezervlardan foydalanishni nazorat qilish va shu kabi iqtisodiy masalalar bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi.
Bosh yuriskonsult lavozimiga
Malakaviy talablar
Bosh yuriskonsult lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga ega va yuridik xizmatda kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi hamda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalari majburiy tartibda Adliya organlari bilan kelishiladi.
Jamoa bilan ishlash, o‘z ishiga mas’uliyatli, talabchan bo‘lishi, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi kerak.
Lavozim majburiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlarini bilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik, mehnat, soliq, ma’muriy huquq bo‘yicha amaldagi qonunchiligini bilishi kerak.
Xalqaro munosabatlar va investitsiya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimiga
Malakaviy talablar
Oliy ma’lumotli, xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega bo‘lishi, o‘zbek, ingliz va rus tillarini mukammal bilishi kerak.
Xalqaro tashkilotlar va xorijiy korxonalar, jamoa bilan ishlash tajribasi, mas’uliyatli va talabchan bo‘lishi kerak.
Lavozim majburiyatlari
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, xalqaro tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha takliflarni tayyorlash, korxona rahbariyatining xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlarning rasmiy vakillari bilan uchrashuvlari uchun ma’lumot materiallarini tayyorlash va ishtirok etish, ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda milliy qonunchilik bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, tashqi aloqalarni o‘rnatish va xalqaro hamkorlikni tashkillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish va istiqbolli rejalar tuzish xalqaro delegatsiya a’zolari bilan muzokaralarni tashkillashtirish, zaruratga ko‘ra tarjimon vazifasini bajarish.
Axborot tizimlarini rivojlantirish bo‘limi yetakchi muhandis-dasturchi (Backend dasturchi) lavozimiga
Malakaviy talablar
Oliy ma’lumotli, axborot texnologiyalari yo‘nalishida kamida 2 yil mehnat stajiga ega bo‘lishi, shaxsan yaratgan dasturiy ta’minoti bo‘lishi kerak.
Jamoa bilan ishlashni bilishi, mas’uliyatli va talabchan bo‘lishi hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilishi kerak.
Lavozim majburiyatlari
- Dasturlash tillari: JavaScript, Phyton, HTML, CSS va hokazo dasturlash tillarini bilishi;
- Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi: MySQL bilishi;
- Veb-dasturlash sohasida ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- IT loyihalarda ishtirok etganligi yoki o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar hamda SUBD Oracle bilan ishlash ko‘nikmasi inobatga olinadi.
Malakaviy talablar
Oliy ma’lumot, telekommunikatsiya yo‘nalishi faoliyatida kamida 3 yil stajga ega, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi kerak.
Lavozim majburiyatlari
O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini umumiy tuzilishi, tarmoq aloqa tashkil etish sxemalari va ularni zaxiralash prinsiplarini bilishi, iste’molchilar buyurtmalari bo‘yicha oqimlarning ajratilishini ta’minlash, umumiy foydalanishdagi telefon kanallarini tashkil qilish uchun va fuqarolar ijarasi iste’molchilari, buyurtmalar bo‘yicha aloqalarni qayta shakllantirish uchun hujjatlar tayyorlash, ekspluatatsiya qilish bilan birga iste’molchilar tomonidan foydalanilmaydigan resurslar bo‘yicha tarmoq monitoringini o‘tkazadi va tarmoqda “avariya” kanallarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshiradi.
Shartnomalar va hisoblash bo‘limi 2-toifali muhandis lavozimiga
Malakaviy talablar
Oliy ma’lumot, telekommunikatsiya yo‘nalishi faoliyatida kamida 3 yil stajga ega, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi.
Lavozim majburiyatlari
Yuridik shaxslar bilan aloqa kanallarini ijaraga berish uchun shartnomalarning loyihalarini tayyorlash va rasmiylashtirish, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ish yuritish, shartnomalar va o‘zaro hisob-kitoblar ma’lumotlarini qayta ishlash, avtomatlashtirilgan tizimida ijaraga berilgan kanallarni hisoblash, debitorlik va kreditorlik qarzlarining tahlilini o‘tkazish va nazorati bo‘yicha ish yuritish, shartnomalar reyestrini yuritish.
Axborot xavfsizligi xizmati 1-toifali muhandis lavozimiga
Malakaviy talablar
Oliy ma’lumot, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek, rus, ingliz tillarini mukammal bilishi.
Lavozim majburiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafikni o‘tkazishda qonunchilik talablari buzilganligi holatlarini aniqlash va ular to‘g‘risida ma’lumotlarni olish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish, telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafikni o‘tkazishda qonunchilik talablari buzilganligi holatlarini aniqlash va ular to‘g‘risida ma’lumotlarni olish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash hamda tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Ko‘chib o‘tgan raqamlarni muvofiqlashtirish bo‘limi, 1-toifali muhandis lavozimiga
Malakaviy talablar
Maxsus texnik oliy ma’lumotga va texnik-muhandislik lavozimlarida kamida 2 yil ish stajiga ega, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi.
Lavozim majburiyatlari
Ko‘chib o‘tgan raqamlar markazlashtirilgan bazasi (KRMB)ni shakllantirish va texnik kuzatish hamda mobil aloqa operatorlar (provayderlar) tomonidan abonent raqamlarini ko‘chirish uchun uning resurslaridan foydalana olish imkonini yaratish, abonent raqamlarini ko‘chirish jarayonida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha mobil aloqa operatorlar (provayderlar) o‘rtasida o‘zaro ishlash, ko‘chirilgan abonent raqamlari to‘g‘risidagi axborotni aktuallashtirish uchun KRMBga ulangan mobil aloqa operatorlarning (provayderlarning) ko‘chirilgan raqamlarini lokal bazasi bilan o‘zaro ishlashini ta’minlash, ko‘chirilgan abonent raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini ruxsatsiz foydalanishdan himoyalashni ta’minlash.
Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish xizmati, 2-toifali muhandis lavozimiga
Malakaviy talablar
Oliy ma’lumot, telekommunikatsiya yo‘nalishi faoliyatida kamida 2 yil mehnat stajiga ega, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek, rus, ingliz tillarini mukammal bilishi.
Lavozim majburiyatlari
- Jismoniy shaxslardan mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun anketalar va arizalarni, shuningdek, hisobvaraqalar chiqarish;
- IMEI kodlarini tegishli hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun anketalarni, shuningdek, hisobvaraqalar chiqarish;
- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi mobil qurilmalar IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yozma murojaatlarini va tegishli shakldagi anketalarini, shuningdek, hisobvaraqalar chiqarish;
- O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tizimida hisobvaraqalar chiqarib berishga oid ishlarni bajarish.
Malakaviy talablar
Oliy ma’lumot, telekommunikatsiya yo‘nalishi faoliyatida kamida 3 yil stajga ega, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi kerak.
Lavozim majburiyatlari
Tarmoqlar holati to‘g‘risida tezkor axborotni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish hamda real vaqt mashtabida vaziyatga ko‘ra, ularni qayta qurish, milliy boshqaruv markaz (MBM)lari bo‘linmalari va manfaatdorligi bo‘yicha boshqa davlatlarning aloqa operatorlari bilan O‘zR TT holati bo‘yicha, shuningdek, MDH boshqa davlatlarining aloqa tarmoqlarining holati bo‘yicha axborot bilan almashishni, avariyalar va shikastlanishlarni tugatish bo‘yicha ishlarni nazorat qilish, rejaga oid, rejadan tashqari ta’mirlash-sozlash ishlari va profilaktika o‘lchashlarining bajarilishini nazorat qilish.
Ombor mudiri lavozimiga
Malakaviy talablar
Oliy ma’lumot, moliya-iqtisod yo‘nalishi faoliyatida kamida 3 yil stajga ega, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi.
Lavozim majburiyatlari
Korxonadagi tovar-moddiy boyliklarni, shu jumladan, avval foydalanishda bo‘lgan buyumlarni miqdori va sifati jihatdan to‘liq va but saqlanishini ta’minlaydi. Korxona ombori va ombor mudirining ma’suliyati ostiga berilgan moddiy boyliklarning miqdori va qiymati uchun moddiy javobgar bo‘ladi. Javobgarligida bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarni doimiy hisobini yuritadi ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan chiqarish ishlarini amalga oshiradi. Ombor holatini kuzatadi va zarurat yuzaga kelganida ta’mirlash choralarini ko‘radi. Korxona xodimlarining buyurtmalariga asosan kanselyariya tovarlari va xo‘jalik buyumlari, boshqa tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlaydi.
Elektrik-santexnik lavozimiga
Malakaviy talablar
O‘rta-maxsus ma’lumot, shu sohada 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga, bilimva ko‘nikmalarga ega, mas’uliyatli va talabchan bo‘lishi.
Lavozim majburiyatlari
Elektrotexnika, radiotexnika, telemexanika, elektronik asoslarini, turli xil elektr mashina, apparat, o‘lchash vositalarining tuzilishi va sxemalarini, tansformator, kabel hamda turli kuchlanish va qalinlikdagi elektr simlar bardosh beradigan yuqori me’yorlarni, ularni ta’mirlash va sozlash usullarini, elektr tarmog‘idagi va elektr asboblarning ishlatish jarayonida yuzaga keladigan shikastlanish alomatlari, sabablari va ularning xavfli oqibatlarini, ularni aniqlash va tuzatish usullarini, sanitar-texnik tizim qismlarining turlarini, quvurlarni ulash va mahkamlashni, po‘latva polimer quvurli sanitar-texnik tizimlarni ta’mirlash usullarini bilishi kerak.
Avtotransport haydovchisi lavozimiga
Malakaviy talablar
Umumiy o‘rta ma’lumotga, “B, C, D” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va “B, C, D” toifali haydovchi sifatida kamida uch yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi, mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi.
Lavozim majburiyatlari
Yo‘l harakati qoidalarini, transport vositalari toifalariga tegishli bo‘lgan avtomobillarning agregatlari, mexanizmlarining vazifasi, qurilmasi, ishlash prinsipi, ishlashi va ularga xizmat ko‘rsatishni, nosozliklar, belgilari, sabablari, xavfli oqibatlari, ularni aniqlash va bartaraf etish usullarini, yo‘l elementlari, harakat xavfsizligiga ularning ta’siri, avtomobil harakati nazariyasi to‘g‘risidagi asosiy tushunchalarni bilishi kerak.
Keltirilgan lavozimlarga yuqori malakali mutaxassislar korxonaning komissiya tarkibi bilan rasmiy suhbatdan o‘tkazilib, natijasi yuzasidan munosabat bildiriladi.
Nomzodning taqdim etayotgan ma’lumotida (rezyumeda) tanlangan lavozimlarva nomzod to‘g‘risida (davlat tilida) batafsil ma’lumot bo‘lishi lozim.
Hujjatlar elektron tarzda qabul qilinadi, axborot va tushuntirishlar berish, qo‘shimcha so‘rovlar bo‘yicha quyidagi raqamlar bilan bog‘lanish mumkin.
“O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sebzor dahasi 18A-uy
Mo‘ljal: 240-ATS binosi
Aloqa uchun telefon: kadrlar bo‘limi 71 240 53 56, qabulxona 71 240 54 20
E-mail: tmc@rtmc.uz
Web: www.rtmc.uz
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)