Alibaba’da arzon Bugatti sotuvga qo‘yildi. Original Bugatti hammaga ham nasib etmasligi mumkin, biroq uning bu nusxasiga ega bo‘lish unchalik qiyin emas.
- Foto: The Sun
Elektromobilni to‘liq quvvatlash uchun 10 soat kutish kerak va to‘liq quvvat bilan ulov 160 km masofani bosib o‘tishga qodir.
Aslida Bugatti’lar 320 km/soat bilan quruqlikdagi tezlik rekordini o‘rnatgan bo‘lsa-da, soxta Bugatti atigi 48 km/soat maksimal tezlikka chiqa oladi.
- Foto: “Alibaba.com”
- Foto: The Sun
Xitoyning Shandong Gaia firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan bu soxta Bugatti juda kichkina.
Bugatti kompaniyasi advokatlari ushbu “hashamatli elektromobil” ishlab chiqaruvchilari bilan muhokamaga kirishish ehtimoli bor .
Ma’lumot uchun, Bugatti brendi ostida hashamatli avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan fransuz avtomobil kompaniyasi. Bosh qarorgoh — Chateau Saint-Jean oilaviy mulki (fransuzcha: Château Saint Jean) — va ishlab chiqarish Alsatiyaning Molsem shahrida joylashgan. Kompaniya Germaniyaning Volkswagen AG konserni tarkibiga kiradi.