Samarqandda 27—28-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining yalpi majlisida muhim mavzular muhokama qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Tanzila Norboyevaga ko‘ra, ushbu qonunlar milliy qonunchilikni takomillashtirishda zarur bo‘ladi.Yalpi majlisda keng doiradagi mavzular bo‘yicha 20 ga yaqin model qonunlar ko‘rib chiqildi. Ular, albatta, milliy qonunchilikni takomillashtirishda zarur bo‘ladi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni qonunchilik jihatidan ta’minlash hokimiyat vakillik organlari faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Parlament a’zolari bundan keyin ham siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik bazasini mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettirishlari kerak, — deydi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva.
Ta’kidlanishicha, siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik, madaniyat, axborot, turizm va sport, agrar siyosat, tabiiy resurslar va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyalarning majlislari samarali bo‘ldi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)