Ukraina harbiylari Rossiya dronlarining hujumini qaytarish uchun ulardan 7 baravar qimmatroq raketalardan foydalanmoqda. Bu haqda The New York Times gazetasida chop etilgan maqolada aytiladi.
Mutaxassislarning fikricha, Rossiya ishlatayotgan Shahed-136 dronlari nisbatan arzon, ularni yo‘q qilishda foydalaniladigan qurol tizimi esa ancha qimmat.
Ukraina konsalting kompaniyasi rahbari Molfar Artem Starosik dronni urib tushirish uchun raketadan foydalanish drondan yetti baravar qimmatga tushishini hisoblab chiqdi. Eron dronlarini yig‘ish 20 ming dollarga tushishi mumkin, Ukraina tomonidan qo‘llanilayotgan “yer-havo” raketalaridan bittasini uchirish narxi esa sovet S-300 tizimi uchun 140 ming dollar, NASAMS uchun 500 ming dollargacha bo‘lishi mumkin.
Ayrim tahlilchilar fikriga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan bunday nomutanosiblik Rossiyaga foyda keltirishi hamda Ukraina va uning ittifoqchilariga qimmatga tushishi mumkin, deb qayd etdi nashr.
Izoh (0)