Shavkat Mirziyoyev huzurida 31-yanvar kuni jamoat transporti sohasini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari bu sohada muammolar to‘planib qolgani, ularni hal etish uchun transport boshqarmalari va avtobus parklarida hozirgi ish tizimini o‘zgartirish zarurligini qayd etdi.
Ayrim viloyat markazlarida jamoat transportini rivojlantirish rejasi ishlab chiqilmagani, joylarda ayrim avtobus yo‘nalishlari ishlamayotgani, bekatlar yetishmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Endilikda mablag‘ avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab beriladi. Xizmat sifatiga — avtobusdagi qulayliklar va sanitar holat, kech qolmasdan bekatga yetib kelishiga qarab baho beradigan tizim bo‘ladi.
Bunda, tashuvchi tadbirkor har 1 kilometr uchun 10 foiz rentabellik bilan kafolatli to‘lovni oladi. Shu paytgacha bo‘lgan kunlik tushum “plani”ni belgilash amaliyoti bekor qilinadi. Bundan tashqari, aholiga qulay yo‘l haqi tariflarini (yillik, choraklik, oylik, kunlik, soatlik) joriy qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (1)
Assalomu alaykum. Telegramda yuqoridagi ma'lumotni noto'g'ri talqin qilyapsiz. Prezident tomonidan avtobusning yurgan masofasiga qarab to'lov qilish tizimini yaratish topshirig'i berilmadi. Balki, davlat tomonidan tashuvchi kompaniyalargan avtobuslarinining yurgan masofasiga qarab mablag' ajratish haqida gap ketgan. Iltimos ma'lumotni tahrirlab qo'ying. Bu tushunmovchilikni keltirib chuqarishi mumkin.