Rossiyalik marketolog va brend menejeri Anastasiya Roshina IT Park’ka marketing olamiga qilgan sayohati, o‘z ishida qo‘llanilgan usullar va nima uchun hatto ijtimoiy tarmoqlarda ham samimiy bo‘lish muhimligi haqida intervyu berdi.
Anastasiya O‘zbekistonda startaplar uchun bir nechta seminarlar o‘tkazdi va u yerda shaxsiy brendni rivojlantirish bo‘yicha o‘z tajribasi va qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
Marketing olamini qay tarzda zabt etdingiz?
Anastasiya Roshchina Moskva davlat universitetini tamomlagan. Shundan so‘ng u chet elliklar uchun rus tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan, shuningdek, kattalar va bolalarga ingliz tilidan dars bergan.
Uning xotirlashicha, uning har doim o‘quvchilari ko‘p bo‘lgan. Bu vaqtga kelib, Anastasiyaning eng kichik talabasi 7 yoshda, eng kattasi esa 55 yoshda edi. Bir kuni u kelajak raqamlashtirishga tegishli, ya’ni internet vaqti kelganini anglab yetgan.
Marketing nima, jarayon qanday qurilganligi, ijtimoiy tarmoqlar qanday ishlashi, xullas, Anastasiya ushbu sohani o‘rganishga kirishdi.
Birinchi marta oson bo‘lmadi. Men bularning barchasi qanday ishlashini to‘liq tushunmadim va sezgimga tayandim. Ammo keyin, budjetsiz yoki reklamasiz sir-asrorlarni tushunib, birinchi ming obunachiga ega bo‘ldim. Keyinchalik “flatlate”lar ishlab chiqdim va ingliz tili haqida materiallar yozdim. Bir necha oy o‘tgach, onlayn formatda 3 ta yangi talabaga ega bo‘ldim.
Ijtimoiy tarmoqning taxminan olti oylik rivojlanishidan so‘ng, Anastasiya o‘z akkauntini va o‘qitish va repetitorlik bilan bog‘liq barcha faoliyatini yopdi. U bor e’tiborini bolaga qaratgan, shu bilan birga erining kichik biznesini rivojlantirishga yordam bergan.
Homiladorlik ta’tilida ishlash va pul topish istagim borligini angladim. Do‘stimga yordamchi bo‘lib ishlay boshladim. Men bloggerlar, PR xodimlari bilan ko‘p muloqot qildim, targetni o‘rgandim. Bir kuni do‘stim bilan oshxonamda o‘tirgan edik va men unga kel, agentlik ochamiz deya taklif berdim. Ikkalamizda ham yetarlicha tajriba bor.
Agentlik ochish, vaqt ko‘rsatganidek, ajoyib g‘oya edi. Qizlar yirik buyurtmalar va loyihalarni oldi, ular orasida davlat va boshqa media-xoldinglarning loyihalari ham bor edi.
Agentlik loyihalari orasida xalqaro tanlovlar, ta’lim loyihalari, alkogolli ichimliklar, hattoki raketa va samolyotlar uchun dvigatellar ishlab chiqaruvchi kompaniyani reklama qilish ham bor edi.
Anastasiyaning so‘zlariga ko‘ra, jamoaning ustunligi kuzatuv edi. Barcha loyihalar butunlay boshqacha edi, shuning uchun ular har bir joyning qanday qilib sifatli rivojlanishi va tomoshabinlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi mumkinligini tushunishgan.
Brend — bu shaxs
6 yillik hamkorlikdan so‘ng do‘stlarning kasbiy yo‘llari ajralib chiqdi. Anastasiya tan olganidek, u brendlar bilan shug‘ullana boshladi va ushbu mavzu bo‘yicha mentorlik qilishga qaror qildi.
Men shaxsiy brend va umuman brendlar bilan shug‘ullanaman. Men odamlarga o‘zim va faoliyatim, missiyam va mahsulotimning mohiyatini yetkazishga yordam beraman. Ishimda tinglovchilar bilan tushunarli tilda muloqot qilish muhim degan qoidaga amal qilaman. Hatto bu tijorat brendi bo‘lsa ham, uni shaxsiyat orqali targ‘ib qilish kerak.
Rukn mehmoni davom etar ekan, har qanday tijorat brendi, bu, birinchi navbatda, ma’lum bir shaxs, yuzi, fikrlari, qadriyatlari va his-tuyg‘ulari demakdir deya ta’kidladi. Anastasiya ularni yo‘lga qo‘yishga, kuchlarini qabul qilishga va o‘z missiyasini amalga oshirishga yordam beradi.
Men shaxsiy brend va umuman brendlar bilan shug‘ullanaman. Men odamlarga o‘zim va faoliyatim, missiyam va mahsulotimning mohiyatini yetkazishga yordam beraman. Ishimda tinglovchilar bilan tushunarli tilda muloqot qilish muhim degan qoidaga amal qilaman. Hatto bu tijorat brendi bo‘lsa ham, uni shaxsiyat orqali targ‘ib qilish kerak.
Biroq, suhbat qahramoni davom etadi, hamma ham shaxsiy brendni rivojlantirishdan manfaatdor emas va bu ham normal holat. Anastasiya, agar odam hozirgi vaziyatdan qoniqsa, shaxsiy brend bilan shug‘ullanmaslik kerak deb hisoblaydi.
Rivojlanish, kengaytirish, ko‘paytirish istagi yoki ehtiyoji bo‘lmaganida, bandlik va daromad to‘liq qondiriladi. Boshqa barcha holatlarda, hatto kichik go‘zallik saloni bo‘lsa ham, shaxsiy brend bilan shug‘ullanishga arziydi.
Anastasiya o‘zining eng muvaffaqiyatli ishlaridan biri deb V.L. Glazychev nomidagi Hududiy rivojlanish departamentining loyihasi deb hisoblaydi.
Ular o‘quv dasturi boshlanishidan oldin bizga murojaat qildi. Ushbu dastur odatda shahar dasturlari va universitetlari bitiruvchilari yoki shahar menejerlari, ya’ni hokimlar, amaldorlarni qabul qiladi. 10 kun ichida, tinglovchilar bilan muloqot boshlanganidan boshlab va ishtirok etishga taklif bilan yakunlangan, juda murakkab insho yozish zarur bo‘lganiga qaramay, biz ushbu tanlovga kirish uchun 4-5 baravar ko‘proq ariza to‘pladik. Natijada biz ikkita guruhni — ham budjet, ham pullik o‘rinlarni butunlay yopdik.
Anastasiyaning shunga o‘xshash ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalari mavjud. Bunday natijaga u va mijoz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik orqali erishiladi.
Birinchi navbatda, bu biz ichki va tashqi aloqalarni birlashtirganimiz tufayli sodir bo‘ladi. Odamlar o‘zlarini imkon qadar qulay his qilishadi, ular tushunarsiz yoki o‘zlarining ichki qadriyatlaridan uzoqroq narsalarni shakllantirishga harakat qilishlarini his qilmaydi. Shundan so‘ng ular uyatchanlikni yengib, videolar yaratishni boshlaydi, jarayonda o‘zlari faol ishtirok etadi, tanishlar orttirib, bir-birlari bilan tanishadi.
Ishingizda qanday usullardan foydalanasiz?
Anastasiyaning fikricha, ajoyib shaxsiy brendni yaratishning asosiy usuli — bu samimiy bo‘lish, barcha zaif tomonlaringiz, afzalliklaringiz, tajribangiz, bilimlaringiz, yiqilishlaringiz, muvaffaqiyatsizliklaringiz bilan tomoshabinlarga chiqishdan qo‘rqmaslikdir. Samimiy bo‘lish va yolg‘on gapirmaslik muhim, chunki odamlar buni o‘qiydi.
Birinchi navbatda, bu biz ichki va tashqi aloqalarni birlashtirganimiz tufayli sodir bo‘ladi. Odamlar o‘zlarini imkon qadar qulay his qilishadi, ular tushunarsiz yoki o‘zlarining ichki qadriyatlaridan uzoqroq narsalarni shakllantirishga harakat qilishlarini his qilmaydi. Shundan so‘ng ular uyatchanlikni yengib, videolar yaratishni boshlaydi, jarayonda o‘zlari faol ishtirok etadi, tanishlar orttirib, bir-birlari bilan tanishadi.
Ish jarayonida Anastasiya ham Jung tomonidan yaratilgan arxetiplar tizimiga murojaat qiladi.
Marketchilar ushbu tizimdan o‘z ishida vositalardan biri sifatida foydalanadi. Ko‘pgina brendlar aynan shu tizim asosida yaratilgan. Men unga to‘liq ishonaman deb ayta olmayman, lekin bu men mijozga va undan mahsulot va xizmatlarni sotib olgan odamlarga yordam beradigan vositalardan biridir. Tizim shaxs/brend nima ekanligini aniq tushunishni shakllantirishga yordam beradi va ba’zi atributlar to‘plami yordamida, masalan, fotografiya, kiyim-kechak, triggerlar yordamida siz bu odam qandayligini bilib olishi mumkin.
Qahramonning so‘zlariga ko‘ra, odamda barcha 12 ta arxetip mavjud, ammo asosiylar va namoyon bo‘lganlari uchdan beshgacha bo‘lib, ulardan odamning shaxsiyati tasviri qurilgan.
Birinchidan, biz insonning qaysi arxetiplarga mansubligini aniqlaymiz, so‘ngra odamlar topishmoqni uzoq vaqt yechishga majbur bo‘lmasligi uchun ushbu arxetiplar asosida vizual tarzda blog yoki brend yaratishni taklif qilamiz. Endi odamlarning vaqti yo‘q, ular murakkablikni xohlamaydi, “haqiqiylik” va soddalikni xohlaydi. Lekin, albatta, turli odamlardagi har bir arxetip o‘zini turli yo‘llar bilan namoyon qilishi mumkinligini tushunish muhimdir.
IT rivojlanishi haqida qanday fikrdasiz?
Anastasiya IT sohasini eng rivojlanayotgan soha deb biladi.
Birinchidan, biz insonning qaysi arxetiplarga mansubligini aniqlaymiz, so‘ngra odamlar topishmoqni uzoq vaqt yechishga majbur bo‘lmasligi uchun ushbu arxetiplar asosida vizual tarzda blog yoki brend yaratishni taklif qilamiz. Endi odamlarning vaqti yo‘q, ular murakkablikni xohlamaydi, “haqiqiylik” va soddalikni xohlaydi. Lekin, albatta, turli odamlardagi har bir arxetip o‘zini turli yo‘llar bilan namoyon qilishi mumkinligini tushunish muhimdir.
Boshqa tomondan, Anastasiya davom etadi, AKT sanoatining juda tez rivojlanishi ba’zan qo‘rqinchli: tez orada ko‘p narsa inson mehnatining o‘rnini bosadi. Ko‘pchilik undan yuborilgan matnning TZ yordamida postlar yaratishi mumkin bo‘lgan yangi botlarga qanday munosabatda ekanligini so‘rashadi.
Ehtimol, uning fikricha, texnologiya va sun’iy intellekt haqiqatan ham ko‘p narsaning o‘rnini bosadi, lekin ba’zi insoniy omillar hali ham inson mehnatining to‘liq o‘rnini bosishi amrimahol.
Bu shaxsiyat, individuallik, haqiqiylik haqida. Albatta, robot chiroyli yozishi mumkin, ammo muammo shundaki, u insongagina xos o‘ziga xoslik va jonlilik bag‘ishlamaydi.
Shaxsiy brendlarga kelsak, mentor so‘zlariga ko‘ra, bot inson qo‘li bilan yozilgan matnning o‘rnini bosmaydi.
Men har doim ekspertlar va ishbilarmonlarning o‘zi matn yozishi yoki hech bo‘lmaganda o‘z his-tuyg‘ularini yetkazish, hayotda ishlatadigan metafora va nutq strategiyalaridan foydalanishi tarafdoriman. Shunda haqiqiy jonli muloqot hissi mavjud bo‘ladi.
Anastasiya IT-sohasi ko‘p yillar davomida yanada rivojlanishiga ishonch hosil qiladi. Ammo baribir, inson qo‘li, inson shaxsiyati va eng muhimi, jonliligi aqlli dasturlar, robotlar va boshqalar bilan birdek muhim bo‘lib qolaveradi.
Ishingizda sizga nima ilhom bag‘ishlaydi?
Anastasiyaning ta’kidlashicha, motivatsiya mavzusi uzoq vaqt davomida uning uchun sir bo‘lgan.
Men motivatsiya topishga qandaydir jo‘n tushunchalar, yo‘llar bilan urindim. Irodamni to‘plashga, o‘z yutuqlarim orqali ilhomlanishga harakat qildim. Keyin angladimki, bunday usul menda yoki umuman ishlamaydi, yoki ishlasa ham juda qisqa vaqtli ta’sirga ega. O‘zimni qisqa masofalarga dam olib yugurayotgandek his qildim. Bu esa charchoq va hamma narsadan bezishga olib keladi.
Endi Anastasiyaga u bilan ishlaydigan odamlarning keyslari, muvaffaqiyatlaridan olingan ilhom turtki beradi.
Yaqinda unga ikkita reklama kanali — Telegram va Instagram’ga ega bo‘lgan mutaxassis qiz murojaat qilgan.
Telegram’da nashrlarni o‘zi ham, SMM menejeri ham tayyorlaydi, Instagram esa to‘liq SMM menejeriga berilgan, u ekspert suratlari yordamida shablonlarni tayyorlagan.
Mutaxassisga aytdim: shu kundan boshlab siz o‘zingiz kontent yaratishingiz kerak. Mayli, kamdan-kam, beo‘xshov bo‘lsa ham. Ammo buni o‘zingiz, qanday ko‘rsangiz, shunday qilasiz.
Avvaliga mijoz uning qandaydir ichki qarshiligi borligini aytdi. Unga hech kimni qiziqtirmaydigan bema’ni gaplarni yozayotgandek tuyuldi. Ammo keyinchalik uning kontentiga jon kirdi. U surat ortidagi mutaxassis emas, tirik mutaxassisga aylandi.
Asosiy faoliyati haqidagi postlardan tashqari, u qiziqarli narsalarni, hatto sevimli taomlari uchun retseptlarni ham joylashtira boshladi. Va tomoshabinlar uni haqiqiy ko‘rdi va hisob statistika nuqtai nazaridan sezilarli darajada oshdi.
Kelajakdagi rejalari haqida
Anastasiyaning so‘zlariga ko‘ra, u yillarini oldindan rejalashtirishni yoqtirmaydi. Biroq bu yilgi rejalar orasida ikkita asosiy nuqta bor.
Hozir men o‘z brending agentligimni yaratish ustida ishlayapman, u mutaxassislar, tadbirkorlar, startaplar, biznesmenlar va o‘zini dunyoga tanitishga tayyor bo‘lganlarning shaxsiy brendlari bilan ishlaydi. Men jamoaning bir qismini yig‘dim, qolganlari autsorsingga topshiriladi. Agentlik mutaxassislarga o‘zlarini ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilishda yordam beradi, chunki bunga hammaning ham vaqti, kuchi va istagi yo‘q.
Ikkinchi maqsad — xalqaro darajaga chiqish. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, uning vatanidan tashqarida istiqomat qiluvchi mijozlari ko‘p.
Men bazan Yevropa marketing standartlariga, SMMga qarayman va rus tilida so‘zlashuvchi auditoriya qanday oldinga siljganini tushunaman. Shuning uchun men ingliz tilidagi hisobimni rivojlantirib, xalqaro loyihalarga bosh urishni xohlayman.
Anastasiya startap asoschilariga qo‘rqmaslikni va o‘zlariga ishonishni maslahat beradi.
Hozir men bitta startapni ishga tushirgan va yana bir nechtasi ustida ishlayotgan qiz bilan ishlayapman. Uning bilimi, mahorati, kuch-qudrati shunchalik ko‘pki, unda shunday iste’dod bor. Ammo u bularning barchasini yashiradi va loyihalari haqida hech kimga aytmaydi. Men aytmoqchiman: o‘zingizni ko‘rsatishdan qo‘rqmang.
Murabbiy hatto tinglovchilarga xatolaringiz va muvaffaqiyatsizliklaringiz haqida aytib berishni maslahat beradi, chunki bu ham muvaffaqiyatning bir qismidir. Bundan tashqari, auditoriya ideal va benuqson xarakterli emas, balki kamchiliklarga ega haqiqiy insonni ko‘rishni xohlaydi.
Hozir men bitta startapni ishga tushirgan va yana bir nechtasi ustida ishlayotgan qiz bilan ishlayapman. Uning bilimi, mahorati, kuch-qudrati shunchalik ko‘pki, unda shunday iste’dod bor. Ammo u bularning barchasini yashiradi va loyihalari haqida hech kimga aytmaydi. Men aytmoqchiman: o‘zingizni ko‘rsatishdan qo‘rqmang.
Izoh (0)