Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi dam olish maskani kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Ma’lumotlar “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot auksionga O‘zbekiston Milliy banki tomonidan qo‘yilgan.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 31,3 gektar. Binoning maydoni — 1 275 kvadrat metr. Binoda suv va elektr ta’minoti mavjud, gaz va kanalizatsiya esa yo‘q.
Auksionga qo‘yilgan dam olish maskanining boshlang‘ich bahosi — 73 mlrd so‘m. Arizalar 10-mart 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Lot izohida yozilishicha, auksion savdolari yakunlanganidan kеyin qolgan pul mablag‘larini 60 kun ichida buyurtmachiga to‘lab bеrish imkoni bilan shartnoma imzolanadi.
Shuningdek, dam olish maskani mebel, oshxona anjomlari va maxsus texnikalar bilan savdoga chiqarilgan.
Izoh (0)