“Top Gan: Meverik” filmi yulduzi Tom Kruz aktyor, prodyuser Jeyms Kordenning “Kech kecha” shousidagi so‘nggi epizodda mehmon bo‘ldi. Ikkala aktyor ham Instagram’dagi sahifasiga birga tushgan yangi suratini joyladi.
![](/static/nasiba/photo_2023-02-27_17-43-15.jpg)
Aktyor shouda Disney kompaniyasi tomonidan 1994-yilda suratga olingan “Qirol sher” filmidagi to‘ng‘iz Pumba obrazini yaratdi. Korden esa multqahramonning eng yaqin do‘sti Timonni gavdalantirdi. Maxsus qism 27-aprel kuni CBS telekanalida efirga uzatiladi va chiqish musiqiy bo‘ladi (aktyorlar unda mashhur “Hakuna Matata” qo‘shig‘ini ijro etishi ham mumkin).
Korden 2015-yildan beri tungi shouga boshlovchilik qilib keladi va u fevral oyida loyihaning butunlay yopilishini e’lon qildi. Avvalroq aktyor dasturning suratga olish jarayonlarida Tom Kruz bilan birga qiruvchi uchuvchiga aylanib, parashyutdan sakragan edi.
Kruz “Top Gan: Meverik” kinokartinasining prodyuserlik ishi bo‘yicha “Oskar”ning “Eng yaxshi film” nominatsiyasida mukofotni qo‘lga kiritdi. Film butun dunyo bo‘ylab qariyb 1,5 milliard dollar mablag‘ to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)