Ufalik fuqaro Ruslan Karimov Rossiyada 28-fevralda nishonlanadigan “Qorbobo kuni” va qishning so‘nggi kuni munosabati bilan olti soatda hovlisida 36 ta qordan odam yasadi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri.
![](/static/nasiba/photo_2023-03-03_12-47-54.jpg)
U dastlab 22 ta va qisqa tanaffusdan keyin yana 14 ta qobobo yasagan. “Men 65 ga yaqin qorbobo yasamoqchi edim, chunki bu Novosibirskda joriy yilda o‘rnatilgan rekordning yarmi. U yerda ma’muriyat qorbobo yasash kerak bo‘lgan tadbirni uyushtirdi. Shunday qilib, shahar aholisi 130 ta qorbobo yasadi, men esa hech bo‘lmasa ularning yarmini yasashni xohlardim”, — deydi Ruslan.
![](/static/nasiba/photo_2023-03-03_12-53-34.jpg)
Biroq, Ruslan qorbobo yasash qiyinroq bo‘lganligi sababli raqamlar sonini kamaytirishga majbur bo‘ldi va shu bilan birga u ishga ham borishi kerak edi.
Ruslan bu natija bilan to‘xtashni rejalashtirmayapti. “Menga shunday g‘oya keldi. Qorbobolar bo‘lgan mini-shaharini ochish, qutilardan do‘kon yaratish, merni tanlash, u yerda kasalxona ham bo‘ladi”, — deydi u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
![](/static/nasiba/photo_2023-03-03_12-55-26.jpg)
Bu Ruslanning ushbu yo‘nalishdagi birinchi chiqishi emas. Avvalroq u Yangi yilda uyi yaqinidagi jamoat transporti bekatini qor parchalari va qog‘oz figuralar bilan bezatgan va yanvar oyining oxirida u bezaklarni olib tashlagan edi.
![](/static/nasiba/photo_2023-03-03_12-50-06 (3).jpg)
U 2022-yilning aprel oyida Boshqirdiston rahbarining shaharni tozalash talabidan ilhomlanib, xuddi shu bekatni yuvgan.
Izoh (0)