Termiz xalqaro aeroportida ko‘rish imkoniyati yomonlashgani tufayli havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishga cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2023/03/Fozilbe/photo_2023-03-09_09-10-34.jpg)
Qayd etilishicha, aeroport hududida ko‘rish imkoniyati 2000 metrni tashkil etmoqda.
8-mart kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Termizga uchgan reysi chang bo‘roni sabab ortga qaytarilgandi. “O‘zgidromet” 9-mart kuni Surxondaryo viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Shuningdek, viloyatning ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil sentabr oyida HY-065 yo‘lovchi reysi Termiz aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti — kuchli shamol va chang bo‘roni tufayli Buxoro shahridagi zaxira aeroportga yo‘naltirilgandi.
Izoh (0)