Toshkent shahrida 14-mart kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Tadbirda mahsulotlar reklamasi, moliyaviy xizmatlar bozoridagi mavjud holat yuzasidan fikr almashildi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
![](/static/Abduqahhor/photo_2023-03-14_10-00-45.jpg)
Konferensiyada aytilishicha, qo‘mita tomonidan 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida kelib tushgan murojaatlarga asosan jami 3 million 259 ming 111 nafar iste’molchiga 75 milliard 600 million 600 ming so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan. Ularga 60 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi natijasida 2 million 133 ming 721 nafar iste’molchining huquqlari tiklangan. Hozirda qolgan mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
![](/static/Abduqahhor/photo_2023-03-14_10-00-44.jpg)
Murojaatlarning 10 ming 277 tasi (40,1 foiz) uy-joy kommunal, transport xizmatlari, 9 ming 596 tasi (37,4 foiz) savdo va umumiy ovqatlanish, 4 ming 415 tasi (17,2 foiz) aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 1 ming 356 tasi (5,3 foiz) reklama munosabatlari va boshqa masalalarga to‘g‘ri keladi.
![](/static/Abduqahhor/photo_2023-03-14_10-00-39.jpg)
Tovar xavfsizligini nazorat qilish ekspertizalari davomida jami 242 nomdagi (50 turdagi) mahsulotlarning nazorat xaridi amalga oshirildi. Natijalarga ko‘ra, 51 nomdagi (12 turdagi) mahsulotlar normativ-texnik hujjatlar talablariga javob bermasligi ma’lum bo‘lgan. Misol uchun, ichki bozordagi L&S kabeli bir qator normalarga javob bermasligi aniqlanib, tegishli choralar ko‘rish uchun Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yuborilgan.
![](/static/Abduqahhor/photo_2023-03-14_10-25-50.jpg)
Izoh (0)