AQSH Federal zaxira tizimi (Fed) federal jamg‘armalar bo‘yicha foiz stavkasini 25 bazaviy punktga oshirdi, endi uning diapazoni yiliga 4,75—5,0 foizni tashkil etadi. Bu haqda Fed bayonotida qayd etilgan.
![](/static/2023/Biznes/Fozil/801x-1-35.jpg)
Qaror aksariyat iqtisodchilar va tahlilchilarning prognozlariga to‘g‘ri keldi, ba’zi ekspertlar esa AQSH bank sektoridagi muammolar fonida Fed stavkani o‘zgarishsiz qoldirishi mumkin, deya taxmin qilgandi.
Fed stavkani ketma-ket to‘qqizinchi marta oshirmoqda. Stavkaning 4,75—5,0 foiz atrofida shakllanishi 2007-yildan beri eng yuqori darajaga yetdi.
AQSHda fond indekslari dinamikasi Fed yig‘ilishi natijalari e’lon qilinganidan keyin yaxshilandi. Dollar indeksi pasaygan bo‘lsa, oltin narxlari oshmoqda.