O‘zbekistonda aprel oyi bo‘lishiga qaramay, bozorlar va savdo do‘konlarida tarvuz sotilmoqda. Xaridorlarni, avvalo, hali hosili yetilib ulgurmagan mahsulotning narxi qiziqtirishi tayin. “Daryo” ayni vaqtda Toshkent shahridagi bozorlarda tarvuz necha puldan sotilayotganini o‘rgandi. Savdoglarning aytishicha, 1 kilogramm tarvuzning o‘rtacha narxi 35—40 ming so‘m atrofida sotilmoqda.
“Tarvuzlar Erondan olib kelinmoqda. Ichlari yaxshi, sifati, mazasi zo‘r. Kilosini 35 ming so‘mdan sotyapman, ulgurji narxi esa 30 ming so‘m. So‘yib beryapman, qizil chiqsa — oladi, qizil chiqmasa — yo‘q, shunaqa sharti bor”, — deydi “Oloy” bozoridagi sotuvchilardan biri.
“Tarvuzlarni Erondan olib kelyapmiz. Hali o‘zimizda tarvuz pishgani yo‘q, mavsum endi boshlanadi. Shuning uchun so‘raganlarga xorijdan olib keltiryapmiz. Narxlari o‘ziga qarab 25—35 ming so‘m atrofida”, — deya ma’lumot berdi “Chorsu” bozori savdogarlaridan biri.
Bundan tashqari, bozorlarda qulupnay ham yuqori narxi bilan ajralib turibdi. Sotuvchilarning aytishicha, ushbu mahsulot navi ва shakliga qarab 100—150 ming so‘m atrofida sotilmoqda.
Izoh (0)