Iqtisod fanlari doktori, professor Barnogul Sanaqulova “Menimcha” ko‘rsatuvining efirga uzatilgan navbatdagi sonida zo‘ravonlikka qarshi kiritilayotgan yangi qonunning afzalliklari haqida gapirib berdi.
Barnogul Sanaqulova oiladagi zo‘ravonlikning eng katta qurboni bolalar ekanligini taʼkidladi. U, shuningdek, qonun qabul qilinishi vaziyatning 50 foizigagina taʼsir ko‘rsatishini, qolgan 50 foiz bu zo‘ravonlikka uchragan ayollar, erkaklar qonunni qanchalik darajada talab qilish savodxonligiga egaligiga bog‘liq ekanini qayd etdi.
Barnogoul Sanaqulova, bundan tashqari, shantajchi, agar unga nisbatan bo‘lgan shahvoniy shilqimlikni asoslab, isbotlab, dalil-faktlar bilan ko‘rsatib berolmasa, uning shantaji o‘tmasligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)