Berlinda O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan to Kushonlar sulolasigacha” nomli yangi ko‘rgazma taqdim etildi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘z sahifasida maʼlum qildi.
![](/static/Risolat/guf.jpg)
Unga ko‘ra, ko‘rgazmada O‘zbekistondagi 9 ta muzeydan 285 ta noyob muzey kolleksiyalaridan iborat buyumlar taqdim etildi. Ushbu ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarga mamlakat tarixi haqida ko‘proq bilish uchun imkoniyat taqdim etadi.
![](/static/Risolat/guf1.jpg)
“Ko‘rgazmaning yaratilishiga hissa qo‘shgan barcha tashkilotchilar, kuratorlar va muzey xodimlariga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Ular O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi madaniy aloqalar va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga yordam beradi”, — deydi Saida Mirziyoyeva.
![](/static/Risolat/guf2.jpg)
Izoh (0)