Yaqinda Bollivud aktrisasi Priyanka Chopra va Nik Jonas ilk bor farzandli bo‘ldi, bu haqda juftlik ijtimoiy tarmoqlarda e‘lon qildi. Aktrisa intervyularining birida onalik roli u uchun kinodan muhimroq ekanini aytdi.
![](/static/nasiba/photo_2023-01-23_16-04-39.jpg)
“Agar mendan karyeramdan voz kechib, boshqa davlatga ko‘chib o‘tishni so‘rashsa, bu ishni qizim uchun qilgan bo‘lardim”, — deydi aktrisa. Priyanka Chopraning qo‘shimcha qilishicha, aktrisaning ota-onasi u uchun ham xuddi shu ishni qilishgan va qizining o‘smirligida karyerasidagi qiyinchiliklar boshlaganiga qaramay Mumbayga ko‘chib o‘tgan. Shundan buyon Bollivud yulduzi o‘z ishiga boshqacha qaraydi, hozirda u bir yoshli farzandini tarbiyalamoqda.
“Ishimni juda tez tugatib darhol uyga yuguraman. Biroq bu filmlarimni yoqtirmasligimni anglatmaydi, men bulardan ko‘ra shaxsiy hayotim muhimroq ekanini tushunaman”, — deydi Priyanka.
![](/static/nasiba/photo_2023-05-15_16-00-53.jpg)
Shuningdek aktirsa o‘z intervyusida Nik Jonas bilan qanday tanishgani haqida gapirib berdi. Xonanda Priyankaga ijtimoiy tarmoqlardan xabar yozgan, biroq aktrisa unga javob berishga shoshilmagan.
![](/static/nasiba/photo_2023-05-15_16-02-41.jpg)
“O‘sha paytda men 35 yoshda, Nik esa 25 yoshda edi”, — deydi aktrisa. Ular oradan bir yil o‘tib uchrashdi va bir-biri bilan muloqot qilishni davom ettirdi. Priyanka Chopra va Nik Jonas 2018-yilda turmush qurishdi.