Buxoro viloyati Kogon tumanida bedarak yo‘qolgan 20 yoshli yigit uch oydan buyon qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/Risolat/bh-1.jpg)
Unga ko‘ra, Buxoro viloyati IIB jinoyat qidiruv bo‘limi tomonidan Jondor tumani “Dalmunobod” mahallasi Dalmun qishlog‘ida yashagan, 2002-yil 9-oktabrda tug‘ilgan Samoyiddin Husenov qidirilmoqda. U 2023-yil 17-fevral kuni ertalab soat 11:00 lar atrofida Kogon tumanida joylashgan “Chorminor” oshxonasidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Alohida belgilari: bo‘yi 170-175 sm, bug‘doyrang, yuzi dumaloq, sochlari qora, qoshlari qalin, qora rangda.
Egnida: jigarrang qishki kalta kurtka, qizil futbolka, qora jinsi shim, oyog‘ida oq krossovka bo‘lgan.
Ushbu shaxs haqida biror maʼlumotga ega bo‘lganlardan 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.
Izoh (0)