Bagamada joylashgan Littl Payp Key oroli sotuvga qo‘yildi. Aynan shu yerda “Karib dengizi qaroqchilari” kult filmi va Jeyms Bond haqidagi “Royal kazinosi” kartinasi suratga olingan.
![](/static/AdMe/photo_2023-05-31_13-47-07.jpg)
Littl Payp Key orolining narxi 100 million dollarni tashkil qiladi. Orolning yangi egasiga to‘liq anonimlik va’da qilingan. Qayd etilishicha, orol bayramlar yoki oilaviy dam olish uchun ideal joy hisoblanadi.
![](/static/AdMe/photo_2023-05-31_13-49-38.jpg)
Orolda beshta alohida uy, vertolyot maydonchasi, kurort va katta panoramali basseyn mavjud. Shuningdek, unda yaxtalar uchun joy va suvda suzishga mo‘ljallangan mototsikllar mavjud.
![](/static/AdMe/photo_2023-05-31_13-50-49.jpg)
Littl Payp Key Bagama orollari poytaxtidan 112 kilometr uzoqlikda joylashgan. Orolning yonida insonlar yashamaydigan 365 ta kichikroq uchastka mavjud. Uni bir kecha ijaraga olish 75 ming dollar turadi.
![](/static/AdMe/photo_2023-05-31_13-51-52.jpg)
Izoh (0)