Marvel komikslari rassomi Jon Romita vafot etdi. Bu haqda uning o‘g‘li kichik Jon Romita ma’lum qildi.
![](/static/AdMe/photo_2023-06-16_14-01-23.jpg)
Uning so‘zlariga ko‘ra, Jon Romita dushanba kuni tongda, uyqusida vafot etgan.
“Buni aytish menga og‘ir. Otam Jon Romita dushanba kuni ertalab uyqusida vafot etdi. U san’at olamining afsonasi edi va uning izidan borish men uchun sharaf. Mening oilamga hurmat sifatida o‘z fikringizni shu yerda qoldiring”, — deb yozgan u Instagram’dagi sahifasiga.
Ma’lumot o‘rnida, rassom komikslardagi faoliyatini 1949-yilda Timely Comics’da boshlagan. Rassom 1950-yillarda DC Comics’da ishlagan va 1965-yilda Marvel rassomlari qatoriga qo‘shilgan. Rassom “O‘rgimchak odam”ning sevgilisi Meri Jeyn Uotsonning tashqi ko‘rinishini yaratib, mashhurlikka erishgan.
Romita 1966-yilda The Amazing Spider-Man komikslar serialida Stiv Ditkoning o‘rniga rassom bo‘ldi. U 1973-yilda Marvel’ning badiiy direktori etib tayinlangan.
Romita Rosomaxa, Karatel, Lyuk Keyj kabi personajlarni yaratishda ishtirok etgan. Bundan tashqari, u 1982-yilda Kapitan Marvel komikslarida Monika Rambeau personajining yaratilishiga hissa qo‘shgan.