Ispaniyalik futbolchi Andres Inyesta faoliyatini BAA chempionatida davom ettiradi.
Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, Inyesta “Emireyts” klubi bilan shartnoma imzolaydi.
“Barselona” sobiq yarim himoyachisi BAA klubi bilan 2024-yil iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.
Inyesta 2018-yildan buyon Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubi sharafini himoya qilib kelayotgan edi. 2023-yil yozida klubni erkin agent sifatida tark etdi.