Afg‘onistonning Hirot shahrida ayollar “Tolibon” harakatidan adolat talab qilib, namoyishga chiqdi. Bu haqda Sputnik Afg‘oniston xabar berdi.
O‘nlab namoyishchilar Hirot hokimi maʼmuriyati binosi oldida to‘plangan. Bir necha yil avval ularning oilalari davlat hududida mustaqil uylar qurgan, endi esa “Tolibon” ularni haydab chiqarmoqchi.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoda ayollarning “Bizga zulm qilishni bas qiling!” va “Adolat!” kabi shiorlari yangrayotganini ko‘rish mumkin.
Etilaatroz nashriga ko‘ra, gap “Gand-11” kvartali haqida ketmoqda. U yerda sobiq ofitserlar va davlat xizmatchilarining oilalari yashaydi. “Tolibon” ularni allaqachon Farah va Balxdagi hukumat uylaridan haydab chiqargan.
Izoh (0)