“PSJ” hujumchisi Neymar faoliyatini Saudiyaning “Al-Hilol” jamoasida davom ettiradi.
![](/static/gettyimages-1589334176-1024x1024.jpg)
Braziliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni klubiga o‘tishga rozilik bergan.
Parijliklar Neymar uchun 90 million yevro va bonuslar oladi. Xabarlarga ko‘ra, ushbu transfer narxi 120 million yevrogacha yetishi mumkin.
Futbolchi “Al-Hilol” bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. Shuningdek, bitimda uni yana bir yilga uzaytirish huquqi ham mavjud bo‘ladi.
31 yoshli futbolchi “Al-Hilol”dagi 2 yili davomida 160 million yevro ishlab topadi.
Izoh (0)