Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
![](/static/2023/05/Fozilbek/Youth_Affairs_Agency_of_the_Republic_of_Uzbekistan.jpg)
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Agentlik, jumladan:
- sohada davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
- qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Qonun bilan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilangan.
Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlar berilgan. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil sentabr oyida o‘tkazilgan navbatdagi majlisida deputatlar agentlikka yangi vakolatlar berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilgandi. 2021-yilda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev “Toshkent 5 tashabbus harakati” yoshlar festivali doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekistonda volontyorlar maktabi ochilishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)