Rossiya Ukrainaga urush boshlanganidan buyon 6,5 mingdan ortiq raketa va 3,5 mingdan ortiq hujumchi dronlar uchirgan. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xabar berdi.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-08-20_20-17-31.jpg)
Zelenskiy Niderlandiya qirolligi bosh vaziri Mark Ryutte bilan qo‘shma matbuot anjumanida tegishli ma’lumotni bergan.
“2022-yilning 24-fevralidan boshlab Rossiya hujumi boshlangan davrda ular Ukrainaga qarshi 6500 dan ortiq raketa va 3500 dan ortiq zarba beruvchi dronlardan, jumladan Eronning Shahed uchuvchisiz uchoqlaridan foydalangan”, — dedi u.
Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, ularning aksariyati harbiy obyektlarga nisbatan fuqarolik infratuzilmalarini nishonga olgan.
Rossiya Ukrainaning tinch aholi yashovchi shaharlariga raketa zarbalari berdi
19-avgust Rossiya Chernigov shahri markaziga raketa hujumi uyushtirdi. Hujumda ommaviy tadbir bo'lib o'tayotgan drama teatri binosi nishonga olingan. Oqibatda yetti kishi, jumladan, 6 yoshli qizcha halok bo‘lgan. Yaradorlar soni allaqachon 156 nafarni tashkil qilmoqda.
Izoh (0)