21-sentabr kuni kechqurun Yerevanda Armaniston hukumat binosi oldidagi Respublika maydonida bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qiluvchi yirik norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.
![](/static/2023/surayyo2/photo_2023-09-22_08-57-52.jpg)
Namoyishchilar hukumat binosi oldiga yig‘ilib, bir necha guruhga bo‘lingan holda shahar ko‘chalari bo‘ylab yurishni boshladi va yo‘llarni to‘sib qo‘ydi, politsiya esa ularni hibsga olishga kirishdi. Namoyishchilar “Nikol — xoin!” deb qichqirishdi.
Marshdan keyin faollar hukumat binosiga qaytdi: u yerda politsiya bilan to‘qnashuvlar boshlandi. OAV xabar berishicha, politsiya odamlarni ayovsiz hibsga olgan.
“RIA Novosti” xabariga ko‘ra, hukumat binosi yaqinida 46 kishi qo‘lga olingan.
Yerevanda norozilik namoyishlari 19-sentabrda, Ozarbayjon tan olinmagan Qorabog‘ respublikasida aksilterror operatsiyasini e’lon qilganidan keyin boshlangan. Namoyishchilar Armaniston hukumatidan mojaroga aralashib, u yerda yashovchi etnik armanlarga yordam berishni talab qildi.
Izoh (0)