Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga murojaat qildi.
![](/static/Risolat/gr-1.jpg)
Unga ko‘ra, Buyuk Britaniyada tajribali qassoblarga bo‘lgan talabni inobatga olgan holda, ushbu davlat ish beruvchilariga taqdim etish uchun nomzodlar bazasi shakllantirilmoqda.
Ish turi: qassobchilik (hayvon go‘shtini bo‘laklarga ajratish).
Ish haqi: yiliga taxminan 31 ming dollardan boshlanadi (brutto).
Ish muddati: 1 yildan 5 yilgacha.
Nomzodlarga talablar:
- ingliz tilini bilish (IELTS 6);
- rezyume (ingliz tilida) va fotosurat (3x4);
- xorijga chiqish pasport nusxasi;
- ish tajribasini tasdiqlash (2 daqiqali videoda bolta ishlatmagan holda taqdim etilishi kerak);
- tibbiy ma’lumotnoma;
- sudlanmaganlik.
Nomzodlar o‘z mahoratini videoda va tanlov jarayonida namoyish etishi kerak. Barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan.
Izoh (0)