Bishkekda bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari sammitida rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilotni tuzish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Bunday tuzilmani tashkil etish tashabbusi avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan bildirilgan edi. Rossiya yetakchisi Vladimir Putin rus tili tashkilotining bosh qarorgohini Sochida joylashtirishni taklif qildi. U, shuningdek, tashkilotning faoliyati tez orada boshlanishiga umid bildirdi.
![](/static/2023/toqayev12.jpg)
Vladimir Putin shunday tashkilotni yaratish g‘oyasi uchun Qosim-Jo‘mart To‘qayevga minnatdorchilik bildirdi.
“Qosim-Jo‘mart Kemelyevich, ushbu tashabbusingiz uchun sizga katta rahmat”, — dedi Putin.
Rossiya Federatsiyasi prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov ta’kidlaganidek, yangi tashkilot “Hamdo‘stlik maydoni bilan cheklanmaydi” va barcha manfaatdor davlatlar a’zo bo‘lishi uchun ochiq bo’ladi.