Isroil armiyasi G‘azo sektorida olib borgan quruqlikdagi operatsiyada HAMASning to‘rt nafar yuqori martabali jangarisini yo‘q qilganini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
![](/static/2023/photo_2023-10-30_20-51-57.jpg)
Halok bo‘lgan HAMAS jangarilari ro‘yxatidan quyidagi ismlar joy olgan:
- Jamil Baba — HAMASning markaziy brigadasidagi dengiz qo‘mondoni;
- Muhammad Safadiy — tankka qarshi raketa bo‘linmasi komandiri;
- Muvaman Hijoziy — HAMASning tankka qarshi raketa bo‘linmasi jangchisi;
- Muhammad Avdalloh — HAMAS ishlab chiqarish bo‘limining yuqori martabali a’zosi
Shuningdek, Isroil harbiylari “harakat infratuzilmasini, jumladan, tankka qarshi raketa uchirish qurilmalari va boshqa uchirish maydonchalarini yo‘q qilgani”ni da’vo qilmoqda.
Izoh (0)