Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Ra’no Shodiyeva bir kunda tug‘ilgan kunlarini nishonlayotgan o‘g‘illari Diyor va Amirxonlarni tabriklab, iliq tilaklarini yozib qoldirdi.
![](/static/2023/photo_2023-11-07_12-34-58.jpg)
Ra’no Shodiyeva shuningdek ayni paytda kasallik bilan kurashayotgan bemorlarga umidsizlikka tushmaslikni tavsiya qildi. “Bir yil avval mana shu paytda men reanimatsiyada edim, dard bilan kurashishdan hech qachon to‘xtamang”, — deydi aktrisa.
Aktrisa Durdona Qurbonova yangi suratlarini sahifasiga joylashtirdi.
![](/static/2023/photo_2023-11-07_12-34-55.jpg)
Vayner Muborak Abdullayeva kuzatuvchilariga eng katta orzularidan biri ushalgani haqida so‘zlab berdi. U onasini Istanbul shahriga sayohatga olib borishni niyat qilgan, shu kunlarda ushbu niyati amalga oshganini aytdi.
Xonanda Doston Ubaydullayev qizini tug‘uruqxonadan olib chiqdi.
![](/static/2023/photo_2023-11-07_12-34-52.jpg)
Saida Rametova to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bekni umra safariga kuzatdi.
Malika Egamberdiyeva qizi bilan tushgan suratini sahifasiga joylashtirdi.
![](/static/2023/photo_2023-11-07_12-34-48.jpg)
Dilshodbek Kattabekov rafiqasi bilan birgalikda Samarqandda o‘tkazilgan Italiya kinosi kunlarida ishtirok etdi.
![](/static/2023/photo_2023-11-07_12-34-45.jpg)
Vayner Liil Xurramov telefonini yo‘qotib qo‘ygani uchun Milan shahrini yomon ko‘rib qolgani haqida yozdi.
![](/static/2023/photo_2023-11-07_12-34-42.jpg)
6-noyabr kuni taniqli xonanda Muzaffar Abduazimov o‘g‘lini uylantirdi. Nikoh oqshomida ko‘plab taniqli san’atkorlar xizmatda bo‘ldi.
“Setora” guruhi xonandalari Leyla va Kamila “Borsan” qo‘shig‘ining yangi talqinini tayyorlashayotganini ma’lum qildi.
![](/static/2023/photo_2023-11-07_12-34-38.jpg)
Ozoda Nursaidova muxlislariga salomatligi bilan bog‘liq muammolar haqida so‘zlab berdi. Xonandaning aytishicha, u shu kunlarda uchta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan
Izoh (0)