Qozog‘istonda bir xodimning o‘rtacha oylik ish haqi 350 ming 542 tengedan (753 dollar) oshdi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy statistika byurosiga tayanib, DataHub xabar berdi.
![](/static/2023/photo_2023-11-07_18-45-40.jpg)
Dollarda o‘rtacha choraklik kurs bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi ko‘rsatkichi 770 dollarni tashkil etdi.
“Taxminan 10 yil oldin, 2013-yil iyulida ham xuddi shunday edi — 739 dollar. Agar yaqin o‘tmishga qaytadigan bo‘lsak, joriy natijalar o‘tgan chorakdagidan yomonroq, o‘shanda bu ko‘rsatkich 814 dollar bo‘lgan, lekin 2022-yilning uchinchi choragidan (631 dollar) yaxshiroq”, — deb xabar beradi DataHub.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rtacha oylik ish haqining eng katta o‘sishi quyidagi viloyatlarga to‘g‘ri keldi:
- Jetisuv viloyati — 21,1 foizga;
- Olmaota — 20,8 foizga;
- Qizilo‘rda viloyati — 20,7 foizga.
Milliy statistika byurosi eng yuqori maosh Atirau viloyatida qayd etilgani — 602,4 ming tenge (1294 dollar), eng past daromad esa Turkiston viloyatida — 248,9 ming tenge (534 dollar) kuzatilganini ma’lum qildi.
“Sanoat bo‘yicha eng yuqori ish haqi tog‘-kon sanoati va qazishda o‘rtacha ko‘rsatkichidan 2,2 baravar yuqori, moliya va sug‘urta faoliyatida — 1,9 barobar, axborot va kommunikatsiyalar sohasida — 1,5 barobar, kasbiy, ilmiy va texnik faoliyatda — 1,5 barobar yuqori”, — deya ta’kidlaydi ekspertlar.
Izoh (0)