Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi vasiylikka muhtoj bolalarga ko‘maklashish xayriya jamg‘armasi Falastin xalqiga insonparvarlik yordami jo‘natdi. Bu haqda Turkmen portal xabar berdi.
![](/static/2023/photo_2023-11-09_18-15-34.jpg)
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning tegishli farmoyishida yordam birinchi navbatda falastinlik bolalarga mo‘ljallangani ta’kidlangan.
“Gumanitar yuk dori-darmon va tibbiyot buyumlari, to‘qimachilik mahsulotlari, jumladan, bolalar kiyimlari va choyshablar, poyabzal, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlardan iborat”, — deyiladi vazirlik xabarida.
“Turkmaniston prezidenti Falastin bolalariga turkman xalqining azaliy yaxshi qo‘shnichilik va insonparvarlik an’analariga muvofiq insonparvarlik yordami jo‘natish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi”, — deyiladi Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi xabarida.