Prezident farmoni bilan endi maktablar oldida ham radarlar o‘rnatiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
![](/static/2023/Risolat/radar.jpg)
Qayd etilishicha, “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–190-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, yo‘llar bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida hamda yo‘l-transport hodisalar o‘choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o‘rnatiladi.
Izoh (0)