Avvallari qirollik oilasi a’zolarining shaxsiy hayoti jamoatchilik e’tiboridan butunlay yashirilgan. Biroq zamon o‘zgarmoqda, endi ularni ijtimoiy tarmoqlarda ham tez-tez ko‘rish mumkin. Shuning uchun ba’zi shahzoda va malikalar Instagram profillari orqali obunachilariga ular bilan yaqinroq tanishish imkoniyatini beradi.
York malikasi Yevgeniya — @princeseugenie
![](/static/2023/84337967_605615493335002_6449119412948464410_n.jpeg)
Britaniya qirollik oilasining aksariyat a’zolari ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy xabarlar yozishdan tiyilishsa-da, malika Yevgeniya buni katta zavq bilan amalga oshiradi. U muntazam ravishda oilaviy rasmlarini baham ko‘radi va Hauser & Wirth san’at galereyasida ishlaydi.
Gretsiya va Daniya malikasi Tatyana — @tatianablatnik
![](/static/2023/278996109_665549194747758_1219366022656442668_n.jpeg)
Malika Tatyana — sobiq Gretsiya qirolining o‘g‘li knyaz Nikolaosning rafiqasi. Qirollik oilasi a’zosi bo‘lgunga qadar u dizayner Diana fon Fyurstenberg bilan jamoatchilik bilan aloqalar sohasida ishlagan.
Manoko malikasi Kamilla Gottlib — @camillerosegottlieb
![](/static/2023/316640435_658177809190500_3760618289404224228_n.jpeg)
Greys Kellining nabirasi Kamilla Gottlib Instagram’dagi sahifasiga rasmlarini tez-tez joylab turadi. Buni uning sevimli mashg‘uloti desa ham bo‘ladi.
Gretsiya valiahd malikasi Mari-Shantal — @mariechantal22
![](/static/2023/280404206_343262897796961_291318491408058914_n.jpeg)
Gretsiyaning valiahd malikasi Mari-Shantal valiahd shahzoda Pavlosga turmushga chiqqan va besh farzandning onasi. 2000-yilda u o‘zining Marie-Chantal bolalar kiyimlari brendini ochdi.
Gretsiya va Daniya malikasi Mariya Olimpiya — @olympiagreece
![](/static/2023/279970854_342234961370197_641359121361383668_n.jpeg)
Malika Mariya Olimpiya ijtimoiy tadbirlarning katta muxlisi hisoblanadi. Shuning uchun uni tez-tez mashhur ziyofatlarda, masalan, Nikki yoki Peris Xilton bilan birgalikda ko‘rish mumkin.
Gretsiya va Daniya malikasi Teodora — @tgreece
![](/static/2023/240630624_231988055603524_8069333935043602359_n.jpeg)
Gretsiyalik Konstantin II va daniyalik Anna Mariyaning kenja qizi Braun universitetini teatr san’ati bo‘yicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. Hozirda u ijtimoiy tarmoqlardan ko‘p foydalanmaydi, ammo shunga qaramay akkaunti bor.
Polin Dyukre — @paulinedcrt
![](/static/2023/285948783_7516999705009255_7480620928637978650_n.jpeg)
Monako malikasi Stefaniya va Daniel Dyukrening ikkinchi farzandi Polin hozir Nyu-Yorkda yashaydi va o‘zining Alter Designs brendi bilan shug‘ullanadi.
Elizabet Turn-i-Taksis — @elisabethtnt
![](/static/2023/208814351_944479329456041_6214706348611730980_n.jpeg)
Malika Elizabet Germaniyadagi eng boy oilalardan birining qizi. Biroq u hozir Londonda yashaydi va mashhur moda jurnalida muharrir bo‘lib ishlaydi.
Izoh (0)