Shavkat Mirziyoyevning Boku shahriga amaliy tashrifi dasturidagi tadbirlar yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, 24-noyabr kuni davlatimiz rahbari BMTning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun maxsus dasturi birinchi sammitida ishtirok etdi hamda SPЕKA doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha qator amaliy tashabbuslarni ilgari surdi.
Shuningdek, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi. Yetakchilar O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar, shu jumladan oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ko‘rib chiqdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston prezidentini Ozarbayjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
Izoh (0)