Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) vakili Jeyms Elder Isroilning G‘azo janubidagi harbiy amaliyoti ta’siridan jiddiy xavotirlar borligini aytdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
![](/static/2023/photo_2023-12-04_17-42-35.jpg)
“G‘azo sektori shimolida odamlar boshdan kechirgan dahshatli voqealar janubda sodir bo‘lmasligi kerakligi haqida yuqori darajada ogohlantirishlar bo‘ldi. Biroq aynan shunday bo‘lmoqda”, — dedi Elder.
Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, bombalar “har 10 daqiqada” tushadi. Elder G‘azo janubida yashovchilarning hayotiga xavf soluvchilar qatoriga charchoq ham qo‘shilganini aytdi.
“Odamlar uch-to‘rt marta bombardimon ostida qolib charchashgan, bolalari uchun kuch saqlashga harakat qilishmoqda, boradigan joylari yo‘q. Men bolalarni va urush paytida dahshatli jarohat olgan ota-onalarning zambilda baqirayotganini ko‘rganimda shuni o‘yladimki, ular kasalxonalarda xavfsiz emaslar, boshpanalarda ham xavfsiz emaslar. O‘zimni xavfsiz his qila olmayman va boshqa hech kim o‘zini xavfsiz his qilmaydi”, — dedi G‘azoda bo‘lgan YUNISEF vakili Jeyms Elder.
Izoh (0)