Toshkent viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda elektromobil ishlab chiqarilishi mumkin. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/2023/Risolat/el.jpg)
Ma’lum qilinishicha, Xitoyning Shandun provinsiyasida bo‘lib o‘tayotgan ikki tomonlama muzokaralarda bu haqida dastlabki kelishuvga erishildi. Dastlabki bosqichda yig‘uv sexi quriladi, ikkinchi bosqichda esa ishlab chiqarish joriy etiladi. Loyihaga 2024-yili start berilishi kutilmoqda.