Germaniya shimolidagi Rinteln shahrida yashovchi er-xotin uyida har xil shakl va rangdagi 555 ta Yangi yil archalarini o‘rnatdi. Germaniya rekordlar instituti bu — bir turar joy hududida o‘rnatilgan eng ko‘p archa ekanligini taʼkidladi.
![](/static/2023/12/01/N.Mirjalol/photo_1_2023-12-08_18-52-15.jpg)
57 yoshli erkak archa yig‘ishni 12 yil avval boshlagan. Asta-sekin bu ishga uning xotini ham qiziqib qolgan. Ular o‘zlarining sevimli mashg‘ulotini qishki bayramlarga bo‘lgan muhabbati bilan izohladi.
![](/static/2023/12/01/N.Mirjalol/photo_2_2023-12-08_18-52-15.jpg)
Ularning 180 kvadrat metrli uyi xuddi Yangi yil buyumlarini sotadigan do‘konni eslatadi. Bu katta kolleksiyasini bezatish uchun ularga 108 mingta shar va 48 mingta chiroqlar kerak bo‘lgan.
![](/static/2023/12/01/N.Mirjalol/photo_4_2023-12-08_18-52-15.jpg)
Yangi yil archasi hamma xonalarga o‘rnatilib, birgina mehmonxonaning o‘zida 89 ta archa bezatilgani aytiladi. Hatto hammomga ham o‘rnatilgan.
![](/static/2023/12/01/N.Mirjalol/photo_3_2023-12-08_18-52-15.jpg)
Ayni paytda bu go‘zallikni ko‘rish uchun Germaniyaning turli burchaklaridan va hatto qo‘shni mamlakatlardan mehmonlar kelmoqda. Bu juftlikning ikkinchi shunday yutug‘i hisoblanadi. Bundan bir necha yil oldin er-xotin 444 ta bayram daraxtini o‘rnatgan va rekord sifatida qayd etilgan edi.