Dekabr oyining ikkinchi yarmida Chevrolet Cobalt, Damas, Labo avtomobillari uchun shartnoma berish boshlanadi.
![](/static/2023/Islombek Umaraliyev/photo_2021-04-08_17-21-41.jpg)
Kompaniya xabariga ko‘ra, shartnomalar 2024-yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan avtomobillar uchun onlayn tarzda beriladi.
![](/static/2023/Islombek Umaraliyev/photo_2021-11-20_13-26-32.jpg)
Sotuv boshlanishining aniq sanasi UzAutoMotors rasmiy sahifalarida e’lon qilinishi, shartnomalar One ID identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan holda tuzilishi eslatilgan.
![](/static/2023/Islombek Umaraliyev/photo_2021-11-20_13-26-51.jpg)
Avvalroq UzAutoMotors ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari hisobiga 2023-yilda qo‘shimcha 50 000 dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratilganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 3-noyabr kuni Cobalt, Gentra, Damas, Labo dilerlik markazlarida shartnoma berilgan. Sotuvlar doimgidek bir necha soatlarda avtosalonlardagi uzun navbatlar, ur-yiqit, to‘polon bilan o‘tdi.
Kompaniya so‘nggi bayonotida avtomobillar sotuvi to‘liq onlayn shaklga o‘tkazilishini maʼlum qilgandi.