Rossiyaning Stavropol o‘lkasida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Baza xabar berdi.
![](/static/2023/12/20/photo_2023-12-20_19-31-17-Pyn9AB_R.jpg)
Federal xavfsizlik xizmati (FSB) xodimlari hukumat binosi yonida bomba portlatmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, teraktni Stavropoldagi avtoyuvish shoxobchasida ishlovchi 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosi rejalashtirgan.
FSB maʼlumotlarida u “Islomiy davlat” (ISHID) aʼzosi bo‘lgani ma’lum qilingan. 9-dekabrdan 14-dekabrgacha u uyda ammiakli selitra asosida ikkita portlovchi moslama yasagan. O‘zbekiston fuqarosi Lenin maydonidagi hukumat binosi yaqinida ularni ishga tushirishni rejalashtirgan.
Baza xabariga ko‘ra, 18-dekabr kuni ushbu shaxsga nisbatan teraktga tayyorgarlik ko‘rish moddasi bo‘yicha ish ochilgan. Agar aybi isbotlansa, u 12 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.