Turkmaniston savdo aloqalarini kengaytirish uchun Afg‘oniston va Turkmaniston o‘rtasida qo‘shma savdo palatasini tashkil etmoqchi, deb xabar berdi Avapress nashri.
![](/static/2023/12/25/photo_2023-12-25_12-00-15-qaa8GTN-.jpg)
“Tolibon” harakatining Turkmanistondagi elchisi Fazl Muhammad Sobir savdogarlar bilan uchrashuvda Afg‘onistonning Ashxoboddagi elchixonasi savdo va sarmoya jarayonini kengaytirish maqsadida ikki davlat savdogarlariga qulaylik yaratishga intilayotganini aytdi.
Shuningdek, u Afg‘oniston va Turkmaniston o‘rtasidagi savdo almashinuvini kengaytirish temiryo‘l orqali qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan saʼy-harakatlardan biri ekanini qo‘shimcha qildi.
“Tolibon”ning Turkmanistondagi elchisi Turkmanistondan Afg‘oniston orqali Pokiston va Hindistonga gaz o‘tkazish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlar ham davom etayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)