Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2023/12/25/m1-KaYt8v_a.jpg)
Ma’lum qilinishicha, “Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Leningrad viloyati va Sankt-Peterburg rahbariyati kutib oldi. Ertaga mamlakat yetakchisi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.
![](/static/2023/12/25/m2-oLpK55NT.jpg)
![](/static/2023/12/25/m3-ZY5-5UsZ.jpg)
![](/static/2023/12/25/m4-IFF4ToyV.jpg)
Izoh (0)