Namangan shahridagi 11-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Rahimov muzeyi ochildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
![](https://daryo.uz/static/2023/%D0%90%D0%B7%D0%B8%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0%BA/photo_2024-01-14_19-42-25.jpg?_t=1705243441)
Foto: Hamdam Mamadaliyev
Muzeydan hofizning shaxsiy buyumlari, sozlari, foto va video manbalar, qo‘shiqlaridan iborat disklar, hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar, gazeta va jurnallar o‘rin oldi.
![](https://daryo.uz/static/2023/%D0%90%D0%B7%D0%B8%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0%BA/photo_2024-01-14_19-42-30.jpg?_t=1705243781)
Foto: Hamdam Mamadaliyev
![](https://daryo.uz/static/2023/%D0%90%D0%B7%D0%B8%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0%BA/photo_2024-01-14_19-42-39.jpg?_t=1705243442)
Foto: Hamdam Mamadaliyev
Muzeyning ochilish marosimida Namangan shahri hokimi Anvarjon Otaxo‘jayev, xonandaning oila aʼzolari va muxlislar ishtirok etdi.
![](https://daryo.uz/static/2023/%D0%90%D0%B7%D0%B8%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0%BA/photo_2024-01-14_19-43-13.jpg?_t=1705243443)
Foto: Hamdam Mamadaliyev
![](https://daryo.uz/static/2023/%D0%90%D0%B7%D0%B8%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0%BA/photo_2024-01-14_19-43-08.jpg?_t=1705243443)
Foto: Hamdam Mamadaliyev
Maktabda hofiz tavalludining 81-yilligiga bag‘ishlangan “Kamoliddin Rahimov qo‘shiqlari” respublika festivali ham o‘tkazildi. Unda vodiy va voha viloyatlari hamda poytaxtdan kelgan havaskor va professional sanʼatkorlar ishtirok etdi.
![](https://daryo.uz/static/2023/%D0%90%D0%B7%D0%B8%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0%BA/photo_2024-01-14_19-43-03.jpg?_t=1705243443)
![](https://daryo.uz/static/2023/%D0%90%D0%B7%D0%B8%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0%BA/photo_2024-01-14_19-42-57.jpg?_t=1705243442)
Maʼlumot uchun, hozirda Namanganda O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Rahimov nomidagi musiqa va sanʼat maktabini ochish yuzasidan ham tashkiliy ishlar olib borilmoqda.
Izoh (0)