O‘zbekistonlik futbolchi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev faoliyatini Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasida davom ettiradi.
![](/static/2024/01/15/photo_2024-01-15_17-16-09-6_Nj-PhA.jpg)
“Nijniy Novgorod” futbolchisi ijara asosida “Qayrat” safiga o‘tdi. “Qayrat”da 22 yoshli himoyachini sotib olish huquqi ham mavjud.
Yo‘ldoshev “Paxtakor”ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021-yilda Ibrohimhalil Rossiya jamoasi safiga o‘tgandi. Himoyachi “Nijniy Novgorod” safida 63 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
22 yoshli futbolchi O‘zbekiston terma jamoasi safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golga mualliflik qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)