Andrey Shevchenko Ukraina futbol assotsiatsiyasi prezidentiga aylandi.
![](/static/2024/01/25/шевченко-конгр-вибори-1-min-n-CrQzLx.jpg)
“Milan”, “Chelsi” va Ukraina terma jamoasining sobiq hujumchisi UAFning yangi prezidenti etib saylandi. Saylov uchun 93 kishi ovoz berdi va bir kishi, Shevchenkoning o‘zi, betaraf qoldi. U yagona nomzod edi.
Shevchenko Ukraina futbolini rivojlantirish uchun 9 ta qadamni taklif qildi: shaffoflik, raqamlashtirish, mutaxassislarni tayyorlash, terma jamoalarni rivojlantirish, klublar bilan hamkorlik, hakamlik islohoti, jarohatdan keyingi tiklanish, samarali marketing, xalqaro hamkorlik.
Hozirda tergov izolyatorida saqlanayotgan Andrey Pavelko UAFning avvalgi prezidenti edi.
Izoh (0)