“Mehridaryo” loyihasiga Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi Robiya Qudratova murojaat qilib, yolg‘iz farzandini davolatish uchun xalqdan yordam so‘radi.
— Biz chekka qishloqda qizim bilan yashaymiz. Turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganman, otasi shu kungacha biror marta bolasi uchun aliment to‘lamagan. Ikki yildan buyon boshi og‘rib yurardi, avvaliga Qashqadaryoda davolatdik, ammo boshi shishib, bir ko‘zi ko‘rmay qolganidan keyin Toshkentga yo‘llanma berishdi. Qizimning boshida o‘simta bor ekan. U rivojlanib, ko‘ziga zarar beryapti. Tezroq operatsiya qilinmasa, ikkinchi ko‘zi ham ko‘rmay qolishi mumkin.
Ilgari hech qayeri og‘rimaydigan, sog‘lom qiz edi. Maktabdagi o‘qishlari ham yaxshi edi. Toshkentga o‘qish uchun boraman, deb niyat qilardi.
Shifokorlar operatsiya uchun taxminan 40 million so‘m ketadi, deyishyapti. Ammo menda bunday katta mablag‘ yo‘q. Qishloqdagi kichik tomorqamda tirikchilik qilaman. Yaxshi insonlar, iltimos menga yordam bering. Qizimdan boshqa birorta yaqinim yo‘q. Farzandimning ikkinchi ko‘zi ham ko‘r bo‘lib qolmasin, — deydi bemorning onasi Robiya Qudratova.
Sohibjamol Eshmamatovaga xayriya qilishni istasangiz,
8600 3141 0641 3687 (Qudratova Rabiya)
Murojaat uchun: +99899) 134-75-73 (onasi)