Guliston shahar hokimi To‘lqinjon Dadabayev sog‘lig‘idagi muammolar sabab o‘z arizasiga binoan lavozimdan ozod etildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/02/06/2024-02-06 21.35.58-vme6wYFf.jpg)
Maʼlum qilinishicha, Guliston shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘ayrat Botirov zimmasiga yuklatildi.
Maʼlumot uchun, To‘lqinjon Dadabayev 2020-yilning yanvar oyidan buyon shahar hokimi lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
Izoh (0)