Abdurahmon Mahmudov O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi yangi bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.
![](/static/2024/02/07/imgonline-com-ua-FrameBlurred-WNWWr26COsDhA4b-D7FUFE9k.jpg)
Yangi bosh konsul Namangan davlat universiteti (bakalavr) va Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura)ni tamomlagan. 37 yoshli diplomat Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida, TIV tuzulmasida turli lavozimlarda ishlagan. 2019—2023-yillarda O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasida birinchi kotib, so‘ngra maslahatchi bo‘lib faoliyat yuritgan.
Abdurahmon Mahmudov 2019-yildan 2024-yilgacha Sankt-Peterburgdagi Bosh konsullikni boshqargan Alisher Babayev o‘rniga tayinlandi.
Izoh (0)