O‘zbekistonda 2023-yilning 11-avgustidan beri davom etayotgan “Dok-1 Maks” ishida muzokara jarayonlari boshlangani haqida xabar berilgandi. Bugungi sud majlisida prokuror marhum bolalarning o‘limi uchun tovon puli undirish haqida ham gapirdi.
![](/static/2024/02/12/photo_2024-02-12_15-29-21-dK-sp6Yp.jpg)
![](/static/2024/02/12/photo_2024-02-12_16-47-03-gHm848ar.jpg)
Sudda so‘z olgan davlat ayblovchisi muzokara so‘zida 68 nafar marhum, 16 nafar nogiron bola uchun jabrlanuvchilarning vakillariga 100 million so‘mdan tovon puli to‘lab berishni so‘radi. Qolaversa, 2 nafar yengil tan jarohati olgan bolalar uchun esa 20 million so‘mdan tovon puli undirishni talab qildi. U bu tovon pullari sudlanuvchilar hisobidan qoplanishi lozimligini bildirdi.
Prokurorning aniqlik kiritishicha, tovon puli sifatida ko‘rilayotgan 8 milliard 440 million so‘m 8 nafar sudlanuvchi hisobidan undirilishi kerak.
![](/static/2024/02/12/photo_2024-02-12_16-47-02-SFRbLtva.jpg)
Eslatib o‘tamiz, “Dok-1 Maks” sudida namanganlik jabrlanuvchi farzandi vafoti uchun 500 milliard so‘m miqdorida tovon puli talab qilgandi. Ungacha esa tovon pullarining eng katta miqdori 8 milliard so‘m edi. Shuningdek, sudda so‘z olgan jabrlanuvchilar 3 milliard, 1 milliard, 500 million va 100 million so‘m miqdorida tovon puli talab qilgandi.
Izoh (0)