Gollivud yulduzi Silvestr Stallone Rembo obraziga qaysi aktyor eng munosib ekanligini ochiqladi.
![](/static/2024/02/12/stallone-Vjitf-Fi.jpeg)
Stallone The Tonight Show Starring Jimmy Fallon YouTube kanaliga bergan intervyusida estafetani amerikalik aktyor Rayan Goslingga topshirish istagi borligini aytdi. Stallone avval Gosling bilan suhbatlashgani haqida aytib berdi:
“Rayan menga Rembo obrazi bilan ko‘pgina umumiy jihatlari borligini so‘zlab berganidan so‘ng estafetani unga topshirishni lozim deb topdim”.
![](/static/2024/02/12/gosling-b74NT2h5.jpg)
Bundan tashqari, aktyor ancha yillardan beri Rembo rolini sevib tomosha qilgan va xarakterini yaxshi ijro eta olishiga ishonishini bildirgan.