M-39 xalqaro avtomobil yo‘lida yoriqlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/02/14/йўл-rFR0tNBV.jpg)
Maʼlum qilinishicha, 14-fevral kuni M-39 Olmaota—Toshkent—Termiz avtomobil yo‘lining 1079–1080-km lari oralig‘i, Samarqand—Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab o‘ng tomondagi Cho‘pon ota tepaligida yog‘ingarchiliklar va bir qator omillar taʼsiri oqibatida yoriqlar paydo bo‘lgan.
Shu sabab transport vositalarining harakati vaqtincha bir tomonlama tashkil etiladi.
![](/static/2024/02/14/йўл 2-AerGK2if.jpg)
Yuk transport vositalarining harakati quyidagicha tashkil etiladi:
- Toshkent—Navoiy yo‘nalishiga M-39 — 4R-48 avtomobil yo‘llari chorrahasidan 4R-48,4K-493v avtomobil yo‘llari orqali;
- Kitob—Toshkent yo‘nalishiga M-39, M-37a avtomobil yo‘llari chorrahasidan M-37a avtomobil yo‘li orqali;
- Qarshi—Toshkent yo‘nalishiga A-378 M-37a avtomobil yo‘llari kesishgan qismida tashkil etilgan aylanma harakatdan M-37a avtomobil yo‘li orqali;
- Toshkent—Kitob yo‘nalishiga M-37 — M-37a avtomobil yo‘llari chorrahasidan M-37a avtomobil yo‘li orqali;
- Toshkent—Qarshi yo‘nalishiga M-37 — M-37a avtomobil yo‘llari chorrahasidan M-37a avtomobil yo‘li orqali.
Izoh (0)